Ma'rifatga tutash umr

Inson umrining mazmuni va qiymati bir tomondan ilm-ma'rifat bilan bo‘lsa, ikkinchi tomondan el-yurtga yetkazgan manfaati bilandir. Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakultetida ancha yillardan beri xizmat qilib kelayotgan Respublikamizga minglab shogirdlar yetkazgan Muqimov Abdug'ani ustozning 60 yoshga kirganligi munosabati bilan tabrik dasturxoni tashkil etildi. Tadbirda institutimiz azolari va yuqori tashkilotda ishlayotgan shogirdlari ishtirok etishdi.  Abdug'ani ustozni fakultetimiz dekani Norbayev Sharofiddin institutimiz rektori nomidan tabrik so'zlarini yetkazib muborak yosh bilan qutladilar.

"Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi o'qituvchisi Islomov O'tkir Pirmetovich axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov