To‘ylardagi isrofgarchiliklarga qarshi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019 yil 14 sentyabrdagi № 2736-III/ QQ-592-III-sonli xatini ijrosini taminlash maqsadida joriy yilning 17 yanvar kuni mavzu yuzasidan "Yer resurslarini boshqarish" fakultetida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar o‘rtasida oilaning muqaddasligi, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning ixcham va tartibli o‘tkazilishi to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik mahallasidan nuroniylar kengashi raisi F.Ismoilov, mahalla faoli S.Azimxajaeva, mas’ul kotib M.Kamoldinova, Xotin-qizlar kengashi raisi Z.Sharipova, xotin-qizlar bo‘yicha mas’ul mutaxassis L.Chanishovalar so‘zga chiqib, urf-odatlar, udumlar zamon yangilanishi bilan yangilanib boraveradi, lekin o‘z aslini yo‘qotmasligi kerakligi haqida so‘z yuritishdi.

Bundan 25-30 yil muqaddam xalqimiz xursandchiliklari, to‘y — marosim, ma’rakalarini kishilar o‘z ehtiyojidan kelib chiqib xonadonlarida o‘tkazardilar. Har bir mahalla, qishloqlarda xalq tadbirlarining ehtiyojiga yetarli ashyolar — qozon-o‘choq, idish-tovoq shu kabi jihozlar mahalladagi ishonchli kishining xonadonida saqlanib turar, to‘y-marosim qiladigan kishiga foydalanish uchun berilardi. Mahalladagi har bir tadbir oqsoqolning ruxsati va belgilagan vaqtida o‘tkazib, kamxarj va ortiqcha isrofgarchiliksiz o‘tkazilardi. “Sendan men kam-mi?” shiori ostida boshlanib ketgan marosim-ma’rakalar shunchalik avjiga chiqib ketdi-ki, yangi-yangi urf-odatlarni paydo bo‘lganini hech kim sezmay ham qoldi. Ahvol shunchalik keskinlashdiki qarzga to‘y o‘tkazib, qarzga botib qolganlarida aybni undan-bunga solib, har-xil noxushliklar kelib chiqib, yosh oilaning hayotiga zomin bo‘layotganlar ko‘payib bormoqda deb talaba-yoshlarga ma’lumot berib o‘tishdi. Shuningdek, bunday holatlarning oldini olish uchun “Yashash qiyin bo‘lyapti”, “qachon bu rasm-rusumdan qutulamiz?”, kabi so‘zlar aksariyat kishining aytadigan gapi. Darhaqiqat, biz uchun bu kabi milliyligimizga putur yetkazayotgan g‘arbninig qoldiqlari sanalmish “madaniyat”dan voz kechishimiz uchun intilishimiz zarur.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov