22 aprel- Butunjahon yer kuni

img

20.04.2023

22 aprel- Butunjahon yer kuni

Yer umummilliy boylik, uni asrab-avaylash barchamizning burchimizdir. “22-aprel – Butunjahon yer kuni” munosabati bilan joriy yilning 18 va 21-aprel kunlari universitetimizda “Oʼzbekistonda yer resurslarini boshqarishning innovatsion yondashuvlar, istiqbol va vazifalar” mavzusida ilmiy amaliy seminar hamda iqtidorli talaba-yoshlar oʼrtasida turli tanlovlar va koʼrgazmalarga start birildi. 

Ushbu tadbir har yili unversitetimizda 18-21 aprel kunlari “Sayyoramizga sarmoya kiriting” shiori ostida, talaba-yoshlar oʼrtasida tanlov asosida tashkil qilinadi. Tanlovda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Qarshi irrigattsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalari ham ishtirok etishdi. Kecha tanlovning birinchi kuniga barcha talaba-yoshlar “GeoSience” ilmiy maqolalari faol bo`lishdi.

Bugun tanlovni ikkinchi kuniga talabalar “GeoMovie” vedeoroliklar bilan faol ishtirok etishdi. Ertaga tanlovlarning “GeoMarfon” jamoalar bellashuvi, “GeoPicasso” rasmlar tanlovi rejalashtirilgan. Ushbu tadbirni oʼtkazishdan maqsad keng jamoatchilikning, xususan yoshlarning eʼtiborini yer resurslarini barqaror boshqarish va ulardan oqilona foydalanish, yerni muhofaza qilish bilan bogʼliq dolzarb muammolar hamda yer resurslarini saqlash borasidagi islohotlarga qaratilgan. Gʼolib  boʼlgan talabalar 21 aprel kuni taqdirlanadi.

Bugun tanlovning ikkinchi kuni boʼlishiga qaramasdan har bir fakultetlardan ijodkor, tashabbuskor, bilimga chanqoq talabalar oʼzlarining ijodiy ishlari, fotosuratlar, ilmiy maqolalar hamda  “GeoMarfon” jamoalar bellashuvi bilan faol ishtirok etishdi.  Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti