Mahorat darsida

O'zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi tomonidan 27 mart kuni "Yuqori darajadagi amaliyot" seminari tashkillashtirildi. Seminarda hozirgi kunda sohadagi zamonaviy texnologiyalar va dasturlardan foydalanish va ularni sohaga jalb qilish bo‘yicha ma'lumotlar berildi.  Seminarda Rossiya davlatidan tashrif buyurgan yuqori malakali kadrlar o'z texnologiyalarini namoyish etishdi. Bu mahorat darsida institutimizning "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti yosh professor- o'qituvchilari ham ishtirok etishdi.

 

"Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi o'qituvchisi Islomov O'tkir axboroti 

Instititut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov​