3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni
3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida Respublikamizda keng nishonlanishi, hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir. Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsadlardan biri butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron boʼlmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, imkoniyati cheklanganlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini taʼminlab, barcha uchun ochiq va doʼstona munosabatda boʼlgan jamiyat qurishdan iboratdir.
Ushbu kun 3 dekabr Xalqaro nogironlar kun munosabati bilan bugun Olmazor tumanidagi imkoniyati cheklangan 106 sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʼquvchilari uchun “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti raxbariyati hamda institut yoshlar ittifoqi jamoasi tashabbusi bilan Mehrli qoʼllar mehr ulashmoqda shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Yer resurslarini boshqarish fakulteti bir guruh tashabbuskor talabalari va xodimlari ishtirok etib, oʼquvchilarning
koʼnglini koʼtaruvchi sheʼriy va musiqali chiqishlari bilan ishtirok etib bolajonlarni xursand qilishdi. Tadbir bayramona tarzda boʼlib oʼtdi. Tadbir davomida maktab oʼquvchilariga oʼquv qurollari va esdalik sovgʼalari tuhfa etildi. Maktab oʼquvchilari tomonidan ijro qilingan kuy-qoʼshiqlar, davraga koʼtarinki rux va oʼzgacha zavq bagʼishladi. Insonlarga mehr ulashish, ularga bir lahzalik shodlik baxsh etish insoniylikning eng oliy koʼrinishidir, shu boisdan barchani bir-biriga mehrli boʼlishi tilakdoshimiz.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti