Avstriyaning Zalzburg universiteti bilan hamkorlik

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida yerning ahamiyati juda katta. Umuman olganda, ishlab chiqarish jarayoni va jamiyatning barqaror rivojlanishi yer va undan foydalanish bilan bog‘liq. Shuning uchun ham yer resurslarini asrab - avaylashimiz, undan oqilona foydalanishimiz zarur. Bunda innovatsion texnologiyalar, kreativ yechimlar va uslublarni qo‘llash yaxshi natijalar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi «Yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish nazoratini kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlarini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5065-sonli Farmonini ijro etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada rivojlantirish, 2017 — 2021 yillarda sohaga ilg‘or fan-texnika yutuqlarini joriy etish, moddiy - texnika bazasini yangilash, tarmoqqa xalqaro grantlarni jalb etish chora-tadbirlari Dasturidagi vazifalarni bajarish maqsadida 2018 yil 24 oktyabr 2 noyabr kunlari “Geo Participation & Crowmapping” (Ommabop kartalarni yaratish) mavzusida tashkil etilgan. Seminar-trening orqali “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti talabalari yerdan unumli foydalanishda zamonaviy onlayn dasturlardan foydalanishni o‘rganib, shu yo‘nalishdagi bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirdilar.

Seminar treningni Avstriyaning Zalzburg universiteti professori Sabine Hennig yuqori saviyada o‘tkazdi. Ushbu treningda 16 nafar talabalar Arc GIS online dasturi nafaqat yer resurslarini boshqarish, balki boshqa sohalarda qo‘llash mumkinligi bo‘yicha tushunchalar berdi. Bundan tashqari talabalar Maps arcgis, Survey123 dasturlaridan foydalanishni o‘rganib, amaliy topshiriqlarni bajardilar.  Kurs yakunida talabalarga treningda faol ishtiroklari uchun Zalzburg universiteti professori Sabine Hennig tomonidan sertifikatlar .

    Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov