"Аdiblar xiyoboni"ga sayr

img

10.02.2023

"Аdiblar xiyoboni"ga sayr

Bugun poytaxtimizdagi "Аdiblar xiyoboni"da buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiyning 582 yilligiga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi. Unda ilm-fan namoyondalari, ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, adabiyotshunos olimlar, barcha oliy taʼlim muassasalari ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar Universiteti jamoasi hamda talaba-yoshlari faol eshtirok etishdi. Maydonda oʼrnatilgan monitorda mutafakkir shoirning hayoti va ijodiga oid videoroliklar, gʼazallari va hikmatli soʼzlaridan namunalar namoyish etildi. Tadbirni Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ochib, mamlakatimizda Аlisher Navoiy merosini oʼrganish boʼyicha keng qamrovli ishlar olib borilayotganini taʼkidladi. Navoiyshunos olimlar Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari esa Аlisher Navoiy gʼazallarining chet tillar, xususan, nemis tiliga tarjimalari haqida toʼxtalib, shoir gʼazallaridan birini nemis tilida oʼqib berishdi.

Tadbirda Universitetimiz jamoasi hamda talabalar barcha ishtirokchilari qatorida buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiy haykali poyiga gul qoʼyishdi. Shu yerda yozuvchi va shoirlar, oliy oʼquv yurtlarining professor-oʼqituvchilari va talabalari ishtirokida adabiyot va kitobxonlik tadbirlari ham oʼtkazildi. Ushbu tadbir davomi sifatida Unversitetining "Yer resurslari va kadastr" fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini X.Eshova, fakultet tyutorlari hamda iqtidorli talaba-yoshlari atoqli ijodkorning haykali poyiga gullar qoʼyilishdi. Fakultetimiz talaba-yoshlari tomonidan "Аbdullaxonlik" sheʼriyat kechasi adabiyot shinavandalarini mushoiraga chorladi. Unda shoir ijodidan namunalar, Vatan haqidagi sheʼrlar aytildi.

"Yer resurslari va kadastr" fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti