“Аdiblar xiyoboni”ga tashrif

Bugun poytaxtimizdagi “Аdiblar xiyoboni”da buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiyning 581 yilligiga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi. Unda ilm-fan namoyandalari, ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, adabiyotshunos olimlar, barcha oliy taʼlim muassasalar ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda barcha oliy taʼlim muassasalar qatorida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqotlar Unversiteti jamoasi hamda talaba-yoshlari faol eshtirok etishdi.

 “Аdiblar xiyoboni” bayramona bezatilgan. Maydonda oʼrnatilgan monitorda mutafakkir shoirning hayoti va ijodiga oid videoroliklar, gʼazallari va hikmatli soʼzlaridan namunalar namoyish etildi. Xiyobonda shoir gʼazallari bilan aytiladigan mumtoz ashulalar va maqom kuylari yangradi. Аlisher Navoiy ijodiga oid kitoblar koʼrgazmasi, badiiy adabiyotlar yarmarkasi tashkil etildilganligi barchaga oʼzgacha ruh bagʼishladi. Tadbirni Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ochib, mamlakatimizda Аlisher Navoiy merosini oʼrganish boʼyicha keng qamrovli ishlar olib borilayotganini taʼkidladi. Аyniqsa, Navoiy nomidagi ijod maktabi tashkil etilishi, mutafakkir nomidagi orden, Xalqaro jamoat fondining taʼsis etilishi, kelgusi yildan boshlab maktablarda shoir ijodi muayyan konseptsiya asosida uzluksiz oʼqitilishining yoʼlga qoʼyilishiga alohida eʼtibor qaratildi. Navoiyshunos olimlar Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari esa Аlisher Navoiy gʼazallarining chet tillar, xususan, nemis tiliga tarjimalari haqida toʼxtalib, shoir gʼazallaridan birini nemis tilida oʼqib berishdi. Tadbirda Unversitetimiz jamoasi hamda talabalar barcha ishtirokchilari qatorida buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiy haykali poyiga gul qoʼyishdi.

Shu yerda yozuvchi va shoirlar, oliy oʼquv yurtlarining professor-oʼqituvchilari va talabalari ishtirokida adabiyot va kitobxonlik tadbirlari ham oʼtkazildi. Ushbu tadbir davomi sifatida Unversitetining “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani Sh.Narboyev, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini X. Eshova, Universitet matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov, “Yerdan foydalanish” kafedrasi katta oʼqituvchisi Z.Hafizova, fakultet tyutorlari hamda iqtidorli talaba-yoshlari atoqli ijodkorning haykali poyiga gullar qoʼyilishdi. Fakultetimiz talaba-yoshlari tomonidan "Аbdullaxonlik" sheʼriyat kechasi adabiyot shinavandalarini mushoiraga chorladi. Unda shoir ijodidan namunalar, Vatan haqidagi sheʼrlar aytildi.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti