«Afv» badiiy filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi

img

13.12.2022

«Afv» badiiy filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi

«Afv» badiiy filmi premyerasi bo‘lib o‘tdiMazkur kinokartina real voqealarga asoslangan bo‘lib, turli jinoyatlar bilan qamalgan hamda yurtboshimiz tomonidan afv etilgan shaxslarning hayoti va taqdiri haqida hikoya qiladi. Ssenariy muallifi Azamat Qorjovov, postanovkachi rejissyor Zilola Jo‘rayeva, operator Ilhom Hamidov, badiiy rahbar Said Muxtorov, prodyuserlar Munojot Xoshimova va Zilola Jo‘rayevalar tomonidan ajoyib real voqealarga asoslangan kino suratga olishgan. Ayniqsa, aktiyorlarimizdan Matyoqub Matchonov, Begzod Muhammadkarimov, Seydulla Moldaxanov, Hamid Toshpo‘latov, Zilola Jo‘rayeva, Tal’at Yo‘ldoshev va boshqalar o’z rollarini maromiga yetkazib o`ynashgan. Barcha tomoshabinlarda talaba-yoshlarga ushbu badiiy film katta taassurot qoldirdi.

“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H.Eshova axboroti