Bahorning ilk kunida ochilgan chechak
Bahorning ilk kunida bahor va muhabbat kuychisi, nafosat sohibasi, she'riyat malikasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiyaxonimning 107 - yilligini nishonlash uchun adiba haykali poyiga borib gullar qo'yildi. Uning she'riyatida mehnat mavzusi ustun o'rin egallaydi. U mamlakat saodati uchun o'z kuchini sarflayotgan ishchilarni, muhandis va olimlarni tarannum etadi.
Zulfiya ijodida o'zbek ayolining taqdiri muhim o'rin egallaydi, uning mamlakat hayotidagi faol o'rni muhim ahamiyat kasb etadi. Zulfiyaning olijanoblik, jasorat, haqqoniy xalq g'ururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyg'ular va hurmat, boy ranglar va kutilmagan yangi timsollar bilan bajarilgan lirikasi, inson qalbini larzaga keltiradi, insoniyatning kelajakka bo'lgan ishonchini mustahkamlaydi. 2004 - yil O'zbekistonda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etilib, adabiyot, san'at, ilm-fan, madaniyat va ta'lim sohalaridagi muvaffaqiyatga erishgan, yoshi 14 dan 22 yoshgacha bo'lgan qizlarga har yili 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni taqdim etiladi. Zulfiyaning butun she'riy ijodi — O'zbekiston diyorining ilhom madhiyasi, inson mehnati madhiyasi, sevgi va yerdagi adolat uchun madhiyasidir. Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti tyutorlari va faol talabalari tomonidan shoiraning hayot yo'llari haqida to'lqinlanib gapirildi, ijodidan parchalar o'qildi...
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti