Birovga yuq bo'lmas birovning haqi

img

05.10.2022

Birovga yuq bo'lmas birovning haqi

    Joriy yilning 4 oktabr kuni 3-TTJ YeRB fakulteti 1-2-3-kurs talaba qizlari bilan   universitet psixologi  M.K.Muxamedova va YeRB fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini  H.Eshovalar hamkorlikda  «Haq hukmi olamni tuzatib turmish, Qorda qolib ketmas qirovning haqi. Adolat Sohibi kuzatib turmish, Birovga yuq bo'lmas birovning haqi» shiori ostida tadbir tashkil etdilar. Tadbir TTJdagi qizlarning yotoqxona sharoitiga adaptatsiya qilishlariga, samarali muloqot qilish va umumiy madaniy qoidalarni o'rganishga, atrofdagi ijtimoiy muhit psixologik sferasini pozitiv tomonga o'zgartirish uchun ko'nikma hosil qilishlariga ko'maklashish va birovning haqiga xiyonat qilishning oqibatlari haqida tushuncha berish maqsadida tashkil etildi. M.Muhammedova o'z so'zini “Birovning haqi”  haqidagi ibratli hikoyalardan boshladi va tadbir ishtirokchilariga birovning haqiga xiyonat qilishning diniy va dunyoviy nuqtai nazardan zararli jihatlari haqida so'zlab, bu yomon illatdan barcha saqlanish lozimligini, ayniqsa qizlar kelajakda bo'lajak ona ekanliklari sabab, jamiyatning axloqi, rivoji, tarbiyasi, madaniyati qizlar qo'lida ekanini ta'kidlab o'tdi.

    Tadbir davomida YeRB fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini  H.Eshova odob axloq va TTJning ichki qonun qoidalari haqida yig'ilish ishtirokchilariga tushuncha berib, o'z nutqida BMT Bosh Assambleyasining 2011 yil 19 dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11 oktabr  “Xalqaro qizlar kuni” deb e'lon qilingani, bu sana har yili jahon bo'ylab turli davlatlarda qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga e'tibor qaratish maqsadida nishonlanib kelinayotgani haqida so'z yuritib, “Xalqaro qizlar kuni”ni nishonlashga tayyorgarchilik tadorigini ko'rish kerakligi haqida yig'ilish ishtirokchilariga ko'rsatmalar berib o'tdi. Tadbir savol va javoblar tarzida davom ettirildi va qizg'in tarzda yakunlandi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti