Bugungi yoshlar-Mirzo Ulugʻbek vorislari

img

04.04.2023

Bugungi yoshlar-Mirzo Ulugʻbek vorislari

"Mirzo Ulugʻbek vorislari" tanlovida "Toshkent Irrigatsiya va Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" "Milliy Tadqiqot Universiteti" YRK fakulteti "Hududlar Davlat Kadastri" yoʻnalishi 109-guruh talabasi Oʻrolov Bekzod Oʻktam oʻgʻli IQ testda ishtirok etib eng yuqori ballni oldi va Sirdaryo viloyati Xovos tumanida oʻtkazilgan 1-bosqichda faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritib keyingi viloyat bosqichiga yoʻllanma oldi.

Bekzod tuman bosqichida 60 ta yosh innovatorlar roʻyxatdan oʻtgan bosqichida 36 ta raqiblar ichida faxrli kuchli beshlikni egallab keyingi bosqichga yoʻllanma oldi.  Biz Bekzodga kelgusi tanlovlarda ham gʻoliblikni qoʻlga kiritishini tilab qolamiz, oʻqishlarida zafarlar va muvaffaqiyatlar yor boʻlsin. Bekzod Oʻrolov Universitetimizning iqtidorli talabalari qatoridan oʻrin olishiga ishonamiz.

YRK fakulteti tyuttori D.Egamova axboroti