“Butunjahon Yer kuni” dagi muvaffaqiyat

img

26.04.2023

“Butunjahon Yer kuni” dagi muvaffaqiyat

Sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish mutaxassislardan bilim va salohiyat talab qiladi. Yurtimizda yoshlarni davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilmoqda. Joriy yilning 22-aprel “Butunjahon yer  kuni”ga bagʼishlab "Sayyoramizga sarmoya kiriting!" shiori ostida 18-21-aprel kunlari  “GeoSience” ilmiy maqolalar, “GeoMovie”  videoroliklar, “GeoMarafon” jamoalar bellashuvi va “GeoPicasso” rasmlar tanlovlari o‘tkazidi. Mazkur tadbirning “GeoPicasso” rasmlar  talovida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi birinchi bosqich magistranti, “Evrika” iqtidorli talabalar to‘garagi vakili Ubaydillayeva Dilshodaxon Arslonbek qizi, kafedra mudiri, t.f.d., professor A.Arifjanov rahbarligida o‘zining “Yerni aslidek asraylik” mavzusidagi o‘z ijodiy ishi bilan birinchi o‘rnini egallab, sertifikat va 2,5 million so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Universitet matbuot xizmati