Davlat satira teatriga tashrif

2021 yilning 15 dekabrida “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining 404-guruhi talabalari murabbiy A.Muqumov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining O‘zbekiston Davlat satira teatriga tashrif buyurdilar.

Teatrda O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov turkum sheʼrlari asosida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tolib Hojiyev tomonidan sahnalashtirilgan “Qarsak chaling...” deb nomlangan bir aktyor teatri badiiy kompozitsiyasi namoyish qilindi.Xonandalar Mirzoxid Otabekov va Shaxnoza Xudoyberdiyevalar ijrosida Abdulla Oripov sheʼrlari asosida tayyorlangan qo‘shiqlar ijro etildi.

Ushbu teatrdan talaba-yoshlar juda katta ta`surotlar bilan qaytishdi.

Yer resurslarini boshqarish fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini H.Eshova axboroti