Dilmurod Аkbarov bilan uchrashuv

img

09.11.2022

Dilmurod Аkbarov bilan uchrashuv

Har bir millat taqdirini uning bilimdon, tashabbuskor yoshlari belgilab beradi. Bu haqiqat tarixda ming bora isbotlangan. Oʼzbekistonning ertangi kuni, kelajagi deb eʼtirof etiluvchi yoshlarga bugun qanday talablar qoʼyilmoqda? Yoshlar taʼlim-tarbiya olishlari, hunar oʼrganishlari va oʼz salohiyatlarini, iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, sharoitlar va imtiyozlar yetarli boʼlyaptimi? Shu kabi savollarga Yoshlarni boshini yanada jipslashtirish va bir maqsad yoʼlida toʼgʼri yoʼnaltirish ularga yanda motivatsiya berish maqsadida bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti talaba-yoshlariga universitetimiz faxriysi Prezident stipendiyasi sovrindori Dilmurod Аkbarovni taklif etdik.

Ular talalabaning qiziqishi, taʼsir etayotgan muhit va boshqa omillar hamda ularning qiziqishlaiga qarab qoʼshimcha mashgʼulotlar uyushtirish, suhbatlar oʼtkazish, adabiyot va tavsiyalarni berib oʼtdi. shuningdek, yana shu kabi uchrashuv Xalqaro tanlov Yoshlarnig startap tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash dasturi gʼolibi, MSD 226-guruh magistranti Normurodov Jamolbek Panji oʼgʼli bilan ham boʼlib oʼtdi. Ushbu uchrashuvlarni tashkillashtirishimizdan maqsad talabalarga motvasiya berishdan iborat.

 YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti