Faol talabalar ragʼbatlantirildi

img

26.04.2023

Faol talabalar ragʼbatlantirildi

Jahon hamjamiyatida va mamlakatimizda “22 aprel - Butun jahon yer kuni” alohida eʼtirof etilgan holda universitetimizda hamda sohadagi turli tashkilotlarda anʼanaviy tarzda har yili nishonlanib kelinadi. Bu kunni nishonlashdan asosiy maqsad - Ona yerimizni asrashga odamlar eʼtiborini qaratish bilan bir qatorda oʼsib kelayotgan yosh avlodda tabiatga mehr - muhabbat uygʼotish, atrof - muhitga boʼlgan mas'uliyatini hamda yer yuzida kechayotgan hodisalarga befarq boʼlmaslik tuygʼusini shakllantirishdan iborat.

Shu bilan birga taʼlim maskanlaridagi iqtidorli yoshlarning shu mavzudagi ilmiy-ijodiy ishlarini munosib ragʼbatlantirishdan iboratdir. “TIQXMMI” milliy tadqiqot universitetida hamkor korxona va tashkilotlar bilan birgalikda “22 aprel - Butunjahon yer kuni”ni munosib oʼtkazish maqsadida 18-20 aprel kunlari “Sayyoramizga sarmoya kiriting” deb nomlangan iqtidorli talabalar orasida koʼrik tanlovlar va koʼrgazmalar oʼtkazildi.

Joriy yilning 25 aprel kuni universitetimizda ushbu koʼrik tanlovlarda gʼolib boʼlgan talaba-yoshlarni taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi. Shaffof oʼtkazilgan tanlovlarda gʼolib boʼlgan talabalar unversitetimiz hamda hamkor korxona va tashkilotlar tomonidan pul mukofotlari va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

Tadbirda Kadastr agentligi va uning tasarrufidagi korxona va tashkilotlarga, Oʼzbekiston Respublikasi qishloq xoʼjaligi vazirligiga, Xalqaro suv resurslarini boshqarish institutiga, Xalqaro qishloq xoʼjaligi tadqiqotlari boʼyicha maslahat guruhiga hamda ularning rahbarlariga “22 aprel - Butun jahon yer kuni”ni munosib oʼtkazishda hamkorlik qilganliklari uchun “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektorit tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati