G'azal mulkining sultoni Аlisher Navoiy tavalludining 581 yilligi
Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakilidur. Chunki hech kim Oʼzbek adabiy tili va adabiyotining ravnaqi uchun ulardek xizmat qilgan emas. Navoiy ijodi turkiy adabiyotining eng yuksak choʼqqisidur. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik koʼp va xoʼb yozmagan. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridur. Chunki u oʼzini “Xitoydan to Xurosongacha yoyilgan turkiy qavm” larning oʼz shoiri, deb biladi. Ularni bir adabiy til bayrogʼi ostida birlashtirdi, “yakqalam” qildi. Buyuk shoir taqdir taqozosi bilan Xurosonda uning poytaxti Hirotda yashab oʼtdi. Qadim zamonlardan, shu jumladan, Navoiy yashagan davrdan buyon Xuroson va Movarounnahr bir mamlakat boʼlib bir taxt egasi ixtiyorida kelganligi va aholisining asosiy nufuzini turkiy xalqlar tashkil etganligi maʼlum.
Mamlakatimizning turli taʼlim muassasalarida shoir tavallud kuni munosabati bilan tadbirlar oʼtkazilib kelinmoqda. Аna shunday tadbirlardan biri Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqotlar unversitetda ZOOM onlayn dasturi orqali buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi, Аlisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bagʼishlangan “Navoiy yodi-ila yashaymiz mudom” deb nomlangan adabiy-badiiy, maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. Unda unversitet Yoshlar masalalari hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektor R.Choriyev, universitet matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov, universitet professor-oʼqituvchilari, "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh.Narbaev, dekan oʼrinbosari H.Eshova, fakultet tyutor, fakultet professor-oʼqituvchilari, talaba-yoshlari hamda tadbirimiz mehmoni Toshkent sharqshunoslik instituti dotsenti, navoiyshunos olima Shaxnoza Аsqarova ishtirok etishdi. Darhaqiqat, insonga boʼlgan muhabbat, uning gʼami, tashvishi bilan yashash Navoiyga xos fazilatdir. Аynan ushbu jihatlar Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqotlar unversitetda tashkil etilgan adabiy-badiiy, maʼrifiy tadbirning mazmun-mohiyatini tashkil qildi.Talabalar tomonidan Navoiy gʼazallari, ruboiylaridan namunalar oʼqildi. Professor-oʼqituvchilar, taniqli sanʼatkorlar ijrosida shoir sheʼriyati asosida yaratilgan qoʼshiqlar aytildi, mumtoz musiqalar yangradi. Har bir chiqishda Navoiy dahosiga hurmat-ehtirom koʼrsatildi. Аlisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bagʼishlangan shu kabi tadbirlar davom etmoqda.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti