“G‘oyadan natijaga qadar”

20.02.2023

“G‘oyadan natijaga qadar”

Ushbu mavzudagi turkum uchrashuvlar davom etmoqda. Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar markazida yoshlarga bo‘lgan eʼtiborni kuchaytirilayotganligi bejiz emas. Shu maqsadda yoshlarni har tamonlama qo‘llab quvvatlash, talabalarning ilmiy salohiyati, qobilyatlarini oshirish hamda iqtidorli talabalarni soha bo‘yicha ilmiy yangilik va innovatsiyalarni yaratishga yo‘naltirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqsad va vazifalarni inobatga olgan holda, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida mavjud fakultet talabalari bilan turkum uchrashuvlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shunday uchrashuvlardan yana biri joriy yil 16-fevral kuni “Yer resurslari va kadastr” fakulteti 1-bosqich talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda talabalarni startap, innovatsion  hamda ilmiy faoliyatlarga keng jalb qilish, startap g‘oyalarga ega talabalarning loyihalarini qanday amalga oshirishi, nomli davlat stipendiyalariga ega bo‘lish uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi va universitetda iqtidorli talabalarga yaratilgan ko‘plab imkoniyatlar xususida so‘z olib borildi. Bundan tashqari universitet talabalari uchun e’lon qilingan umumiy jamg‘armasi 200 mln so‘m bo‘lgan startap talnovi hamda tashkil etilayotgan ko‘plab tanlovlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Bu kabi amaliy uchrashuvlar barcha fakultetlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti