"Huquq sohasiga kirish hamda kasbiy mahoratni rivojlantirish" mavzusida mehmon ma'ruza bo'lib o'tdi

img

11.11.2022

"Huquq sohasiga kirish hamda kasbiy mahoratni rivojlantirish" mavzusida mehmon ma'ruza bo'lib o'tdi

             Joriy yilning 10-noyabr kuni “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida "Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari" kafedrasi katta o'qituvchisi F.Tashev tomonidan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti" talabalari uchun "Huquq sohasiga kirish hamda kasbiy mahoratni rivojlantirish" mavzusida mehmon ma'ruza tashkil etildi. Tadbir davomida yer munosabatlari, transchegaraviy suv muammolari, xalqaro huquqiy hamkorlik, yoshlar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish, bo'lgusi huquqshunosning kasb etikasi, istiqbolli rejalar, vaqt menejmenti va undan unumli foydalanish, soha bo'yicha zaruriy ko'nikmalarni shakllantirishga doir mavzularga ma'ruzachi tomonidan batafsil to'xtalib o'tildi.