Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish
15.10.2022
Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish
Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakultetida 1kurs talaba-yoshlar oʼrtasida turli yot gʼoyalardan himoyalashning samarali uslublari va uning zararli oqibatlarini keng yoritish, talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishining oldini olish hamda maʼnaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida huquq-targʼibot organlari bilan hamkorlikda fakultet dekani Sh.Narbaev, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova, va fakultet tyutorlari tashabbusi bilan “Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilik, zoʼravonlikka qarshi kurashish” mavzusida tadbir oʼtkazildi.
Tadbirda oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etgan soha xodimlari Universitet huquq targʼibot maskani profilaktika katta inspektori Ubaydullaev Аbzal Riqsiboevich, Toshkent shahar Yunusobod tumani IIB “Mirzo Ulugʼbek” mahalla Yoshlar masalalari boʼyicha boʼlib boshligʼi profilaktika inspektori Аmanova Baxtigul Rashidovnalar soʼzga chiqib, bugungi kunga kelib xalqaro terrorizm, narkotraffik va odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarning inson xavfsizligiga xuruj qilayotgani bois, ulardan jabr chekayotganlar, afsuski, koʼpchilikni tashkil etayotganligi, hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatlarning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tugʼdirayotganligini aytib oʼtdi. Shuningdek, yoshlarni boshqa davlatlarda kechayotgan noxush voqealar hamda tartibsizliklardan voqif etish emas, balki oʼz tinchligimizning qadriga yetish, uni har qanday tahdidlardan asrab-avaylash ekanligini taʼkidladi.
Shuningdek, bugungi kunda aksariyat yoshlarimiz spirtli ichimliklarga ruju qo‘yayotganligi va buning natijasida turli jinoyatlar sodir etayotganli toʼgʼrisida ham talaba-yoshlar tushunchalar berib oʼtishdi. Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan toʼliq va aniq javoblar berildi. Shundan soʼng fakultetning yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari H.Eshova barcha tadbir ishtirokchilariga oʼz minnatdorchiligini bildirgan holda tadbirni yakunladi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti