Iqtidorli talabalar bilan uchrashuv

img

27.01.2023

Iqtidorli talabalar bilan uchrashuv

Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakultetining iqtidorli va isteʼdodli talabalari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Ushbu tadbirni maqsadi, iqtidorli va intiluvchan yoshlarni Prezident va nomdor stipendiyalar hamda turli tanlovlar bilan tanishtirish, yoshlarda bu yoʼnalishda motivatsiya uygʼotishdan iboratdir. Tadbirni fakulьtet dekani Sh.Narbaev hamda yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova va fakultet tyutorlari tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirda Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish boʼlimi boshligʼi Zahiriddin Xolmatov oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

Fakultetimizda bugungi kunda iqtidoli talabalarimiz soni kengayib bormoqda. Iqtidorli talabalarimiz qilgan ishlari toʼgʼrisida qizqacha maʼlumot berib oʼtmoqchiman. Iqtidorli ijodkor tashabbuskor talabalarimiz uchun fakultetda alohida 407 - xona ajratilgan. Talabalarimiz fakultetda turli tadbirlar, zakovat, debat, quvnoqlar va zukkolar bundan tashqari har bir bayramlarda faol ishtirok etib keladilar. Bugungi oʼtkazilgan tadbir ham talaba-yoshlarimizga manzur boʼldi deb oʼylaymiz. Iqtidorli shijoatli yoshlarimizga qaysidir maʼnoda maʼruzachilarimiz motivatsiya uygʼotishdi deb oʼylaymiz.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti