Ish beruvchi korxonalar bilan uchrashuv

img

16.04.2023

Ish beruvchi korxonalar bilan uchrashuv

2023 - yil 14-aprel kuni “Yer resurlari va kadastr”  fakulg’tetida ish beruvchi korxonalar bilan uchrashu bo‘lib o’tdi. Ya’ni O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-42-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Kadastr va geoinformatika tarmoqlarini universitet bitiruvchilarining intellektual salohiyatlaridan foydalangan holda korxona va tashkilotlar tomonidan qo’yiladigan talab va takliflarni o’rganish maqsadida qo’yidagi korxonalardan ish beruvchilar, ya’ni  “O’zdaverloyiha” Davlat ilmiy loyihalash institutidan  M.Abdullaeva, I.Akramov, “O’rmonloyihalash ” institutidan L.Ismanov, “Tuproq tarkibi repozitoriyasi sifat tahlili markazidan” J.Dehqonov, Toshkent shahar kadastr agentligidan Fatxiyevalar va kafedra professor-o’qituvchilari tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrif buyurgan, ya'ni ish beruvchilar bitiruvchilarga soha yo’nalishlari bo’yicha ishga qabul qilishlari va bo’sh  o'rinlar mavjud ekanligi  to’g’risida ma’lumot berib o’tdilar. Undan tashqari hozirgi kunda korxonalarda olib borilayotgan ishlar to’g’risida ham gapirib o’tdilar. Shundan so’ng bitiruvchi talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollarini berishdi va kerakli ma'lumotlarni olishdi.

“Yer resurslarini boshqarish” kafedrasining katta o’qituvchisi  Z.Xafizova axboroti