Kasb-hunar – kelajak poydevori

img

01.12.2022

Kasb-hunar – kelajak poydevori

            Joriy yilning 30 noyabr kuni TIQXMMI MTU psixologi M.K.Muhammedova va YeRB fakulteti tyutori D. Egamovalar hamkorlikda xotin-qizlar o'rtasida ma'naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga yo'naltirilgan ijodiy, kasbiy, badiiy to'garak-klublar faoliyatini yanada kuchaytirish bo'yicha tadbirlar tashkil etish va qat'iy nazoratga olish maqsadida YeRB,GTS fakulteti talaba qizlari bilan “Hunardan rizqing unar” mavzusida seminar trening tashkil etishdi. Tadbirda yig'ilish ishtirokchilariga M.K.Muhammedova jumladan: “Eng ulug' zotlar sanalmish payg'ambarlar ham o'z rizqlarini halol peshona terlari bilan topganlari, ya'ni kasb-hunar bilan shug'ullanganlari barchamiz uchun buyuk ibratdir. Ular rizq Alloh tarafidan ekanini bilgan hollarida ham hunarsiz o'tirmadilar. Tarixdan ma'lumki, Odam (alayhissalom) dehqonchilik, Nuh (alayhissalom) duradgorlik, Dovud (alayhissalom) temirchilik, Idris (alayhissalom) esa xattotlik bilan shug'ullanganlar. Ma'lumki, har qanday kasbni puxta egallash, o'z kasbining mohir ustasi bo'lish uchun ana shu kasbga taalluqli ilmni mukammal egallamoq kerak. Kasbiga muhabbati bor inson o'z mehnatidan charchamaydi, balki rohatlanadi.

                 Kasbi tufayli atrofdagilarga yordami tegsa, inson o'zini baxtli hisoblaydi. Hozirgi kunda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, qizlarning iqtidorlarini o'z vaqtida aniqlash, ularni ro'yobga chiqarishga ko'maklashishga doir ko'pgina ishlar amalga oshirilayotgan zamonda mana shunday yuksak e'tiborni qadriga yetib, o'z vaqtida o'qish va kerakli hunar eggallab: “Men, albatta, kelajakda elimga, yurtimga xizmat qilaman!!!”, deb harakat qilish har bir talaba qizning asosiy maqsadi bo'lmog'i lozim”, dedi. Tadbir davomida yig'ilish ishtirokchilari uchun kasb-hunarga oid trening o'yinlar o'tkazildi. Tadbirda YeRB fakulteti tyutori D.Egamova o'zining qimmatli, e'tiborga sazovor hayotiy tajribalari va tavsiyalari bilan yig'ilish ishtirokchilarida katta taassurotlar uyg'otdi desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Tadbirdan bir olam zavq, kerakli tavsiyalar olgan ishtirokchilar o'z minnatdorchiliklarini bildirishib, bu kabi treninglar tez-tez o'tkazilishi maqsadga muvofiq bo'lishini ta'kidlab o'tishgan holda tadbir nihoyasiga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti