Konstitutsiyada ayollarga berilgan imkoniyatlar
15.04.2023
Konstitutsiyada ayollarga berilgan imkoniyatlar
Ayollar haqida koʻp ulugʻ soʻzlar aytilgan va aytiladi. Ammo hayotda opa-singillarimiz shu ulugʻ soʻzlardagi kabi eʼzoz koʻrmoqdami? Konstitutsiyamizni sinchiklab oʻqisangiz, ayollar qadr-qimmati, huquqlari himoyasi boʻyicha juda insoniy meʼyorlar belgilangan. Bugun turmushda ular roʻyobga chiqmoqdami? Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun arafasida bu kabi savollar haqida chuqur oʻylash ayni muddao boʻladi. Chunki, hozirgi davrda xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yana-da dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ayniqsa, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish davr talabiga aylanmoqda. Bugungi “Yer resurslari va kadastr” fakulteti professor-ayol o`qituvchilari va talaba-qizlari o`rtasida Konstitutsiyada ayollarga berilgan imkoniyatlar to`g`risidagi tadbirda ham shu masalalar to`g`risida so`z bordi. Tadbirda M.Ulug`bek tumani Lashkarbegi mahallasi Xotin - qizlar masalalari bo`yicha maslahatchisi D.Otajonova so`zga chiqib, mamlakatimiz aholisining qariyb 50 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Ayollarning barcha sohalardagi samarali mehnati, ayniqsa, farzandlar tarbiyasi, oila hayotidagi ulkan xizmatlarini hech narsa bilan oʻlchab, qiyoslab boʻlmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 46-moddasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli ekanliklari mustahkamlab qoʻyilgan, davlatimiz Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi, Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari toʻgʻrisidagi, bir xil qiymatga ega boʻlgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarni teng ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi konvensiyalarga qoʻshilgan. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunda davlat xotin-qizlar va erkaklarga shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni amalga oshirish chogʻida teng huquqlilikni, jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, saylov jarayonida teng ishtirok etishni kafolatlashi mustahkamlab qoʻyildi. Xulosa oʻrnida aytish kerakki, Konstitutsiyamizda belgilangan ayollarning haq-huquqlarini roʻyobga chiqarish, ularning qadr-qimmatini oshirish boʻyicha yuqoridan quyigacha amaliy tizim yaratildi. Mana shu yangi tizim samarali ishlashi uchun hammamiz birgalikda harakat qilishimiz zarur. O`z raqslari bilan ishtirok etgan talaba-yoshlar tadbir o`zgacha shukuh bag`ishladi.
"Yer resurslari va kadastr" fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova axboroti