Mahalla, taʼlim muassasasi hamkorligi
Har bir millat oʼz istiqbolini kamolga yetayotgan yoshlari timsolida koʼradi. Shu bois mamlakatimizda istiqlol yillarida navqiron avlod oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini keng qaror toptirish, ularni turli zararli taʼsirlardan asrash, maqsadida barkamol inson sifatida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Muhtaram Prezidentimizning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori aynan ushbu ishlarimizni tizimli yoʼlga qoʼyib olishimizga dasturulamal boʼldi.
Bugun “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani Sh.Narbayev, yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova, fakultet tyutorlari hamda talabala-yoshlari fakultetga biriktirilgan M.Ulugʼbek tumanidagi “Asaka” mahallasidagi yangi tashkil etilgan Yoshlar yetakchisi lavozimiga tayinlangan Puchinyan Аrtur Yurevich bilan tanishuv boʼlib oʼtdi.
Ushbu tanishuv mahallalarda yoshlarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq oʼyinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator ishlarni rejalashtirildi. Dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari, ayniqsa, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga masʼul vazirlik, idora hamda tashkilotlar, ota-onalar, mahallalar faollari, qoʼni-qoʼshni, taʼlim muassasalari oʼqituvchi va murabbiylari hamda jamoatchilik zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi. Zero, ertamiz egalarini yurtparvar, insonparvar, yuksak maʼnaviyatli, ulugʼ ajdodlarimizga munosib vorislar qilib voyaga yetkazish bugungi kundagi burchimizdir.
YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti