Mirzo Bobur ijodiga bir nazar

Joriy yilning 14 fevral kuni 5-TTJda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag'ishlab "Qalbimizda mangu yashar buyuk siymolar" deb nomlangan adabiy-badiiy tadbir boʼlib oʼtdi. Unda "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova, tarbiyachi pedagog Sh.Ismanova, fakultet tyutorlari hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda ulug' mutaffakkir va sarkarda xotirasi yodga olindi. Talaba-yoshlar nafis ruboiy va gazallardan namunalar yod olishdi. 14-fevral Boburiylar sulolasining asoschisi , buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kun.

Maʼlumki, isteʼdodli shoir hamda davlat arbobi adabiyot va tarix, musiqa va sanʼatdan yaxshi xabardor boʼlgan. U ijod ahliga, kasb-u hunar sohiblariga samimiy ehtirom koʼrsatib homiylik qilgan hamda ularni moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirib borgan. Ijod va sanʼat ahliga bunday mehrli munosabat aslo bejiz boʼlmagan. Umrining to oxirigacha samarali ijod qilishdan toʼxtamagan Bobur butun dunyo ahliga boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi. Buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan oʼtkazilgan ijodiy kechada talaba-yoshlarda Temuriylar sulolasi vakili Bobur Mirzoning shoh va shoir sifatida qilgan ishlari, oʼzidan keyin qoldirgan boy merosi haqida gapirilib, uning asarlarini oʼqib, oʼrganish inson maʼnaviy dunyosining boyishiga xizmat qilishi taʼkidlandi.

 

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti