“NEVOTAG” IT o'quv markaziga tashrif
01.11.2022
“NEVOTAG” IT o'quv markaziga tashrif
Universitetimizning "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti va "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti bilan hamkorlikda 5 muhim tashabbusdan 3-tashabbusning bajarilishini ta'minlash maqsadida talabalarning “NEVOTAG” IT o'quv markaziga tashrifi uyushtirildi. Bu tashrifning tashkilotchilari: YERB fakulteti dekan o'rinbosari X.Eshova, fakultet tyutorlari S.Ibragimova, O.Abdisamatov hamda SXTE va B fakulteti tyutori M.Vafoyevalar. “NEVOTAG” IT o'quv markazi o'qituvchilari tomonidan talabalarga tanishuv darsi tashkil qilindi, o'quv markazda ta'lim berish uslublari, kafolatli natijalarning ta'minlanishi, o'rgatiladigan dasturlar haqida, shuningdek, shu markaz asoschisi Rasul Xolmuxammedov sayt yaratish bo'yicha mahorat darsi o'tkazib berdi. Talabalar darslarni qunt qilib tingladi, hozirgi kundagi jadal rivojlanib borayotgan bu sohani egallashni o'z oldilariga maqsad qilgan holda shu yerning o'zida markazda ta'lim olishni rejalashtirishdi. Ma'lumot uchun: IT — ingliz tilidan olingan «Information Technology» so‘zlarining qisqartmasi bo‘lib, o‘zbek tilida «Axborot texnologiyalari» deb yuritiladi. Shunday bo‘lsa ham, biz bu so‘zni IT ko‘rinishida talaffuz qilamiz va ishlatamiz. Information Technology bu — axborotni hosil qilish, uni yig‘ish, tarqatish, saqlash, qayta ishlash, himoyalash kabi vazifalarni bajaruvchi hisoblash texnikasidir. Hozirgi kunda hisoblash texnikasi vazifasini kompyuter bajarmoqda, shunday ekan IT so‘zi ishlatilganda asosan kompyuter texnologiyasi tushuniladi.
"SXTE va B" fakulteti t`yutori M.Vafoyeva axboroti