Oila tinch — yurt tinch

img

21.10.2022

Oila tinch — yurt tinch

         Joriy yilning 20 oktabr kuni YeRB fakulteti 4-kurs 409 guruh talabalari ishtirokida universitet psixologi M.K.Muxamedova va YeRB fakulteti katta o'qituvchisi, 409- guruh kuratori Z.Hafizovalar hamkorlikda talabalarni  oilaga tayyorlash, oila va oilaviy munosabatlarni pozitiv tomonga o'zgartirishga doir maxsus chora-tadbirlarni tashkil etish maqsadida “Oila — qo'sh ustunli ayvon” mavzusida seminar trening tashkil etishdi. Universitet psixologi M.K.Muxamedova oilani mustahkamlash borasida o'z fikrlarini bildirib, jumladan: “Oila inson kamolotining bosh bo'g'ini, davlat tizimining eng muhim instituti, jamiyatimiz o'zagi, negizidir. Har qaysi millatning o'ziga xos ma'naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oilaning o'rni va ta'siri beqiyosdir. Ma'lumki, ajdodlarimiz yashagan oilaga doir an'ana, urf-odatlar xalqimiz o'tmishining oynasidir. O'tmish oilalarimizdan iloji boricha oila axloqi, odobi va uning kamoloti masalalarni o'rganish katta ahamiyat kasb etadi.”, dedi va talabalarning oilaga nisbatan nechog'lik tayyor ekanliklarini aniqlash maqsadida “Siz oila qurishga tayyormisiz?” deb nomlangan so'rovnoma va bir necha mavzuga oid testlar varaqasi tarqatildi, natijalari interpretatsiya qilindi. Barcha talabalarda bu o'tkazilgan sinovlar qiziqish uyg'otdi va faol qatnashishdi, Ayniqsa Go'zal, Siroj, Muhammadamin, Oyatullo, Asror va Po'latlar juda qiziqish bilan tadbirda qatnashishdi. O'tkzilayotgan tadbirlar ularda dars samaradorligi oshishiga sabab bo'layotganligini va keyingi tadbir “Kibr” mavzusida o'tkazilishi taklifini berishdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti