Oilaga tayyorlashning ahamiyati

img

04.02.2023

Oilaga tayyorlashning ahamiyati

Bugun "Yer resurslari va kadastr" fakulteti dekan maslahatchisi Z.Hafizova, fakultet tyutorlari 3 -Talabalar turar joyida turadigan talaba-qizlarga oilaviy hayotga tayyorlashda ahamiyatga ega boʼlgan va qizlar bilishi zarur boʼlgan maʼlumotlarni berishdi. Shuningdek, talaba-qizlar qanday axloqqa ega boʼlishi kerakli ularning kiyinish madaniyati va telefondan to'g‘ri foydalanish odobi kabi mavzularda soʼz yuritishdi. Shuningdek, tadbirnining davomi fakultetimiz talaba-yigitlari joylashgan 5- Talabalar turar joyiga ham bo'lib o'tdi.

Unda qavat sardorlari, yoshlar ittifoqi yetakchilari ham ishtirok etishdi. Davra suhbatlar jarayonida milliy urf-odatlar va qadriyatlar masalasi xususida ham gapirib o`tishdi. Bu uchrashuvlardan koʼzlangan asosiy maqsad esa talaba-qizlarni hamda talaba yigitlarni hayotga tayyorlash, ularga toʼgʼri yoʼl koʼrsatish hamda maʼnaviyati va dunyoqarashini yuksaltirishdan iboratdir. Talabalarni takliflaridan kelib chiqib bir qator ishlar rejalashtirildi.

"Yer resurslari va kadastr" fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H.Eshova axboroti