Psixolog va YERB fakulteti talabalari uchrashuvi

Joriy yilning 9 sentyabr kuni YeRB fakulteti tyutori D. Egamova o'ziga biriktirilgan talabalar bilan o'quv binolari va u yerda ishlaydigan xodimlar bilan tanishtirish maqsadida psixolog xonasiga tashrif buyurishdi. Universitet psixologi M.K. Muxamedova talabalarni psixolog xizmati nimadan iborat ekanligi va uning bajaradigan vazifasi bilan tanishtirdi. Insonlar qanday holatlarda psixologga murojaat etishi mumkinligi, bunda mijoz va psixolog o'rtasidagi suhbat sir saqlanishi, tushkunlik, stress holatlar, psixologik muammolar yuzaga kelgan paytda psixologga murojaat qilish mumkinligi haqida batafsil tushunchalar berib o'tdi. Va har bir talaba o'z iznidagi vaqtini qadrlab, o'z ustida ishlab, sayqallanib, yetuk mutaxassis  bo'lishga harakat qilishlari kerakligi, Vatanimiz  ravnaqiga, oliygohimizning obro'sini dunyo bo'ylab yuksaklarga ko'tarishga o'z hissalarini qo'shishga birgalashib harakat qilishlari lozimligi to'g'risida so'z yuritdi. Suhbat so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va ko'tarinki kayfiyatda tadbir nihoyasiga yetdi. 

 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti