Psixotrop hab dorilarni isteʼmol qilishning oldini olish va korruptsiya qarshi kurashish
02.02.2023
Psixotrop hab dorilarni isteʼmol qilishning oldini olish va korruptsiya qarshi kurashish
Bugun “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti maʼruzalar zalida birinchi kurs talaba-yoshlar oʼrtasida turli yot gʼoyalardan himoyalash, yoshlar oʼrtasida anʼanaviy giyohvand moddalar hamda psixotrop tabletkalarni isteʼmol qilishning oldini olish boʼyicha tadbir o`tkazildi. Unda Unversitet huquq targʼibot maskani profilaktika katta inspektori Ubaydullaev Аbzal Riqsiboevich hamda Unversitetimiz Korruptsiyaga qarshi kurashish boʼlimi boshligʼi Аkbar Umirovich Gapparovlar oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbirda soha xodimlari bugungi kunda yoshlar anʼanaviy giyohvand moddalardan voz kechib, ayniqsa, psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi moddalarni isteʼmol qilish holatlari koʼpaymoqda. Hozirgi yoshlarda tramadol va yangi paydo boʼlgan tropikamid dorilari isteʼmoli ham kuchaymoqda. Ular taʼsirida esa yoshlar tomonidan ogʼir turdagi jinoyatlar sodir etilmoqda. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatlarning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tugʼdirayotganligini aytib oʼtdi.
Bugungi kunda aksariyat yoshlarimiz spirtli ichimliklarga ruju’ qo’yayotganligi va buning natijasida turli jinoyatlar sodir etayotganli toʼgʼrisida ham talaba-yoshlar tushunchalar berib oʼtishdi. Shuningdek, bugungi kunda dolzarb mavzularda biri “Korruptsiyaga qarshi kurashish” boʼyicha ham soʼz ketdi. Universitetimiz Korrupsiyaga qarshi kurashish boʼlimi boshligʼi Аkbar Umirovich Gapparov soʼzga chiqib, Korruptsiya – bu jamiyatni turli yoʼllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga toʼsqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Аyni paytda jamiyatning ogʼriqli nuqtasi ham shundadir. Korruptsiya bu mansabdor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati yoki boshqaruvi vakolatlaridan foydalangan holda shaxsiy manfaatlarni yoki boshqa shaxslar manfaatini koʼzlab sodir etiladigan jinoyatlar yigʼindisidir. Yaʼni korruptsiya mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʼliq boʼlgan bir necha jinoyatlarni oʼzida mujassamlashtiruvchi illatdir. Bugun “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti maʼruzalar zalida Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovni H.Eshova hamda fakultet tyutorlari tashabbusi bilan oʼtikazilgan tadbirdan talaba-yoshlarimiz oʼzlariga kerakli maʼlumotlarni olishdi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti