Sharqona odob mohiyati

img

10.02.2023

Sharqona odob mohiyati

         Jamoada ishlayotgan faol, ibratli ayol professor-oʼqituvchilarni jalb qilgan holda talaba-qizlar oʼrtasida “Sharqona odob-axloq” va “Talaba-qizlar kelajak hayotga tayyormi?” mavzularida targʼibot ishlarini amalga oshirish maqsadida qator tadbirlar oʼtkazilmoqda. Аna shunday tadbirlardan biri “Yer resurslari va kadastr” fakultetida ham boʼlib oʼtdi. Unda universitetimiz “Xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahat kengashi” raisi Z.Ismailova, “Yer resurslari va kadastr” fakultet hamda "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti dekanlari va kengash aʼzolari Z.Hafizova, F.Yunusova, D.Xursandova, "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekan muovini H.Eshova, fakutet tyutorlari va talaba-qizlar ishtirok etishdi. Tadbirda soʼzga chiqqan ayol professor-oʼqituvchilar talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ahamiyatga ega boʼlgan va qizlar bilishi zarur boʼlgan maʼlumotlar yoritib berildi. Tadbirda talaba-qizlar qanday axloqqa ega boʼlishi kerakli ularning kiyinish madaniyati kabi mavzularda soʼz bordi. Davra suhbatlar jarayonida milliy urf-odatlar va qadriyatlar masalasi xususida ham kerakli ma`lumotlar berildi.

      Bu uchrashuvlardan koʼzlangan asosiy maqsad esa talaba-qizlarni hayotga tayyorlash, ularga toʼgʼri yoʼl koʼrsatish hamda maʼnaviyati va dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan. Shuningdek, talaba-qizlarimiz tomonidan qovoqlardan tayyorlangan turli salatlar, karvin sanatlari, hamda chevarchilik mahoratlari bo`yicha ham mahorat darslari namoyish etishdi. Tadbir so`ngida fakultetlar “Xotin-qizlar masalalari" boʼyicha dekan maslahatchilari Z.Xafizova  va  F.Yunusovalar  2022 yildagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan  hisobot berildi. Fakultetdagi xotin-qizlar masalalari yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan muhokama qilindi va berilgan takliflar fakultetda amalga oshirish uchun belgilab olindi. Hisobotda yoritilgan masalalar yuzasidan Universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi raisi Ismailova Zuxra Karabayevna so‘zga chiqib, amalga oshirilgan ishlarni ijobiy baholadilar va 2023 yilda fakultetda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustivor vazifalarga to‘xtaldi.

"Yer resurslari va kadastr" fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti