Sportga hamroh va hamroz ustozlar zavqi

img

10.01.2023

Sportga hamroh va hamroz ustozlar zavqi

        Tan sihatligi, fan va ta’lim sifati uyg‘unlashgandagina vatan taraqqiyoti haqida so‘z yarashadi. Jismonan sog‘lom va intellektual jihatdan yetuk jamoalar mamlakatimizning istiqbolini belgilashi tayin. Shunday ekan, ta’lim jarayoniga e’tibor yuqori bo‘lgani kabi Sportga munosabat ham ta’lim muassasamizda alohida ahamiyat kasb etadi. Qishki ta’til paytida professor o‘qituvchilar hamda ishchi xodimlar o‘rtasida spartakiadani tashkil etish an’ana tusini olgan. "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetimizda  4-9 yanvar kunlari “YANGI YILNI SPORT BILAN BOSHLANG” shiori ostida o‘tkazilgan  “REKTOR KUBOGI-2023” an’anaviy spartakiadasi jamoamiz xotirasida taassurotlarga boyligi hamda zavqu shavqi bilan muhrlanishi aniq. Bu galgisi universitetimiz jamoasining ko‘pchilik qismi faol ishtirok etgani bilan xarakterlanib turdi. Musobaqa umid, ishonch va natijalari bilan qiziqarlidir.

          Bugun universitetimizning sport zalida musobaqa qatnashchilarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. O‘zlarining g‘ayrat-shijoati va sport musobaqalariga bo‘lgan qiziqishlari bilan alohida ajralib turgan fakultetlar hamda rektorat terma jamoalari bir safga tizilib turnaqator bo‘lib turishdi. Tantanavor musiqa sadolari ostida universitetimiz rektori, professor Mirzaev Bahodir Suyunovichga tabrik uchun so‘z berildi. Rektor barchani yangi yil boshidagi jamoaning ilk ommaviy tadbiri, sport musobaqasidagi ishtiroki va g‘alabalari bilan samimiy qutladi. Bu tadbir o‘quv yili oxirigacha barchaga o‘ziga xos ko‘tarinki kayfiyat va motivatsiya berganiga shubha yo‘qligini e’tirof etdi. Bu an’anaviy musobaqani yilda bir marta emas balki, ikki marta qishda va yozda ham tashkil etilishini maqsadga muvofiq ekanini ta’kidladi. Yozda tashkil etiladigan musobaqa rahmatlik ustozimiz  Umurzakov O‘ktam Pardaevichga bag‘ishlangan xotira turniri bo‘lib uni an’anaviy tarzda har yili 14-20 avgust kunlariga belgilash zarurligini uqtirdi.

So‘ngra prorektor Choriev Ruzimurat Kungratovich musobaqa natijalarini e’lon qilib, barchani tabrikladi. Musobaqa natijalari quyidagi yo‘sinda bo‘ldi.

Quvnoq startlar (ayollar jamoasi)

1-o‘rinni QXM fakulteti terma jamoasi

2-o‘rinni QSXET fakulteti terma jamoasi

3-o‘rinni YeRB fakulteti terma jamoasi egalladi.

Voleybol (ayollar jamoasi)

1-o‘rinni QXM fakulteti terma jamoasi

2-o‘rinni Rektorat terma jamoasi

3-o‘rinni GIM fakulteti terma jamoasi ishg‘ol etdi.

Stol-tennis (ayollar jamoasi)

1-o‘rinni QXM fakultetidan Xatamqulova Husnora,

2-o‘rinni QXM fakultetidan Sulyukova Larisa,

3-o‘rinni GM fakultetidan Axrarova Dilbarxonlar qo‘lga kiritishdi.

Shaxmat bo‘yicha (ayollar jamoasi)

1-o‘rinni SXTEB fakultetidan Ziyaeva Shulpan

2-o‘rinni QXM  fakultetidan Abdullaeva Olya

3-o‘rinni QXM fakultetidan Sulyukova Larisa zabt etdi.

Shashka bo‘yicha (ayollar jamoasi)

1-o‘rin GM fakultetidan Axrarova Dilbarxonga

2-o‘rin QXM fakultetidan Abduraxmonovaga

3-o‘rin YeRB fakulteti Xayitova Azizaga nasib etdi.

Stol-tennisi (erkaklar jamoasi)

1-o‘rinni Ishchanov Javlon GM fakulteti  jamoasi

2-o‘rinni Bo‘bo‘kulov Shonazar YeRB fakulteti  jamoasi

3-o‘rinni Baratov Ma’rufjon Rektorat jamoasi egalladi.

Shaxmat (erkaklar jamoasi)

1-o‘rinni  Berdiev Mustafo  (GTK fakulteti  jamoasi)

2-o‘rinni  Raxmonov Kosim (ERB fakulteti  jamoasi)

3-o‘rinni  Alijanov Jabbor  (KXM fakulteti  jamoasi) ishg‘ol etdi.

Shashka (erkaklar jamoasi)

1-o‘rinni  Ne’matov Sultonmurod        Rektorat jamoasi

2-o‘rinni  Abdiramanov Rashid             YeRB fakulteti  jamoasi

3-o‘rinni  Yestekov Aktalek                   Rektorat jamoasi egalladi.

Arqon tortish (erkaklar jamoasi)

1-o‘rinni   - QSXETfakulteti  jamoasi

2-o‘rinni   - QXM fakulteti  jamoasi

3-o‘rinni   - GIM fakulteti  jamoasi zabt etdi.

Voleybol (erkaklar jamoasi)

1-o‘rinni  - GIM fakulteti terma jamoasi

2-o‘rinni  - QXM fakulteti terma jamoasi

3-o‘rinni  - GM fakulteti terma jamoasi egalladi.

Mini-futbol (erkaklar jamoasi)

1-o‘rinni    -   GM       fakulteti terma jamoasi

2-o‘rinni    -   YeRB     fakulteti terma jamoasi

3-o‘rinni    -  QSXET fakulteti terma jamoasi egalladi.

NOMINATSIYALAR

Eng yoshi ulug‘ faol erkak o‘yinchi – Turkmenov Xasan

Eng yoshi ulug‘ faol ayol o‘yinchi – Xafizova Zulfiya

Eng yaxshi darvozabon – Toshpulatov Quvondiq

Eng yaxshi ximoyachi – Maxmadaliev Vaxob

Eng yaxshi xujumchi – Mutalov Alisher

XAKAMLAR

Xodjanov Aziz

Odilova Feruza

Mansurov Bobir

Dinmuxammedov Aktam

Norqobilov Muxiddin

                  Universitet matbuot xizmati

UMUMIY NATIJALAR MEDALLAR BO‘YICHA QUYIDAGIChA ANIQLANDI

Terma jamoalar

Oltin

Kumush

Bronza

Egallagan o‘rni

1.

QXM fakulteti    

3ta

5ta

2ta

I –o‘rin

2.

GM fakulteti       

3 ta

-

2ta

II –o‘rin

3.

Rektorat jamoasi 

1 ta

1 ta

2 ta

III –o‘rin

4.

GIM fakulteti

1 ta

-

2ta

V –o‘rin

5.

SXTEB fakulteti    

1ta

-

-

IV –o‘rin

6.

GTQ fakulteti     

1 ta

-

1ta

VI –o‘rin

7.

QSXET fakulteti 

1 ta

1ta

1ta

VII –o‘rin

8.

YeRB fakulteti   

-

4ta

2ta

VIII –o‘rin