Tabiatni asrash - jamiyat orzusi
07.10.2022
Tabiatni asrash - jamiyat orzusi
Kecha YeRB fakulteti 114-guruh talabalari va guruhimiz tyutori D.Egamova bilan shahrimizdagi O'zbekiston Davlat Tabiat Muzeyiga sayohat uyushtirdik. Muzeyda ko'plab Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni, parrandalarni ko'rdik. Muzey 1936 - yili O'zbekiston Davlat Tabiat muzeyiga aylantirilgan. Muzeyda jami 372021 jumladan, botanika bo'yicha 10496, zoologiya bo'yicha 359642 ( shundan 355045 hasharotlar) geologiya bo'yicha 1883 ta eksponat bor.
Muzeyda o'lkashunoslik va muzeyshunoslik masalalari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari ham olib borilarkan. Muzeyni har yili 50 mingdan ortiq kishi kirib ko'radi. Bizlar muzeyda rassomni uchratdik, ular bizga rassomlik sirlarini o'rgatdilar . Hayvonot olamida chizilgan rasmlar juda g’ayrioddiy o'ziga odamni mahliyo qiladi. Biz rasmlarni ko'rib zavq oldik.
YeRB fakulteti talabasi Erkinov Sarvar axboroti