Ta’lim va tarbiya jarayonini takomillashtirish
23.10.2022
Ta’lim va tarbiya jarayonini takomillashtirish
Davlatimiz rahbarining shu yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ta’lim sohasidagi keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Ushbu hujjat, ayniqsa, maktab va oliy ta’lim muassasalari hamkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya, pedagoglarga bo‘lgan hurmat va e’tibor tobora yuksalib bormoqda. Ustoz-murabbiylarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, iste’dodli o‘quvchilarni kashf etish, ularni o‘zlari qiziqqan hamda orzu qilgan kasbga yo‘naltirish ta’lim sohasining muhim vazifasiga aylandi. Institutimiz ushbu maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va sifatini oshirish, o‘quvchi-yoshlarning o‘z iste’dodini to‘liq namoyon etishlariga har tomonlama ko‘maklashmoqda. "Yerdan foydalanish" kafedrasi Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 35 va 37 - sonli maktablarini o‘z otalig‘iga olgan. Shu munosabati bilan 2022 yil 20-oktyabr kuni kafedraning bir guruh professor-o‘qituvchilari tashrif buyurib, 2022-2023 yilda rejalashtirilgan mavzular bo‘yicha gaplashib olishdi.
"Yerdan foydalanish" kafedrasi katta o’qituvchisi Z. Xafizova axboroti