Tanlov g‘oliblari saralandi

img

21.02.2023

Tanlov g‘oliblari saralandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida"gi PF - 87 - sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash Milliy dasturi va unda qabul qilingan vazifalar, hamda universitetda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyottiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan har tomonlama namunali, o‘quv ilmiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlardagi eng faol xotin-qizlarni aniqlash va rag‘batlantirish tajribalarini ommalashtirish maqsadida universitet miqyosida buyruq asosida dekabr oyida TIQXMMI-MTU - 2022 YIL-AYoLI” tanlovi o‘tkazildi.

Bu tanlovga  50 dan ortiq xotin-qizlar  10 dan ortiq tyutorlar ishtirok etdilar. Bu tanlovning oxirgi bosqichi natijalarini 8-Mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni o‘tkaziladigan tadbirda taqdirlanishi buyruqda ko‘rsatilib o‘tilgan bo‘lib, shu munosabat bilan oxirgi yakunlovchi  bosqichi :

1.O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli".

2. "Yilning eng faol olima ayoli".

3. "Yilning eng jonkuyar tyutor (murabbiy) ayoli" nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Bu borada buyruq asosida keltirib o‘tilgan barcha hujjatlar asosida  ballar to‘plandi, so‘rovnomalar o‘tkazildi va har bir qatnashuvchining o‘z faoliyati bo‘yicha roliklari va taqdimoti tinglandi. Komissiya a’zolari tomonidan ko‘yilgan ballar oxirgi taqdimoti ballariga qo‘yib borildi va shundan har bir nominatsiya bo‘yicha 3 nafardan  g‘oliblar aniqlandi. Har bir g‘oliblarni darajali diplomlar va universitet buyrug‘i asosida  ko‘rsatilgan rag‘batlantirish kutmoqda.

Universitet matbuot xizmati