Tasavvurlar olamiga sayohat

img

15.11.2022

Tasavvurlar olamiga sayohat

            "TIQXMMI" MTU YeRB fakulteti 107-guruh talabalari bilan universitet psixologi M.K.Muhammedova va YeRB fakulteti tyutori D. Egamovalar hamkorlikda “Tasavvurlarni kuchaytirish orqali ijodkorlik xususiyatini o'stirish” mavzusida seminar trening tashkil etishdi. Tadbir talabalarning kreativlik qobiliyatini o'stirish, kayfiyatlarini barqarorlashtirish; muloqotga kirisha olish qobiliyatlarini takomillashtirish; o'zlariga bo'lgan bahoni oshirish; hamkorlikda ishlashga o'rgatish, chegaradan tashqari fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda “Issiq qor”, “Qora yorug'lik”, “Ushoqdek ulkan odam”, “Qariya bolakay” kabi qiziqarli mashg'ulotlar o'tkazildi. Tadbir davomida 1- kursga qabul qilingan talaba yoshlardan ommaviy tarzda o'tkazish ko'zda tutilgan testlar: talabalarning oliygohga qay darajada adaptatsiya hosil qilganliklarini aniqlashga va guruhdagi psixologik sferani aniqlashga mo'ljallangan testlar olindi va javoblari muhokama qilindi. Tadbir barcha talabalarga ma'qul keldi. Barcha ishtirokchilar tadbirda faol qatnashishdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti