“Tashabbuskor, doʼst, hamfikrmiz, dugonajon” shiori bilan

img

12.10.2022

“Tashabbuskor, doʼst, hamfikrmiz, dugonajon” shiori bilan

      Kuni kecha unversitetimizda “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Tashabbuskor, doʼst, hamfikrmiz, dugonajon” shiori ostida ijodiy kecha oʼtkazildi. Unda Unversitet, Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Z.Karabaeva, xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari, "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh.Narbaev, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini, “Olima ayollar” klubi aʼzolari, fakultetlat tyutorlar hamda talaba-qizlari ishtirok etishdi. “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan o'tkazilgan tadbir 2 qism doirasida tashkil etildi. Tadbirning birinchi qismida bilimga chanqoq qizlarimiz o'zlarini innovatsion g'oyalari asosida taqdimotlarini namoyish qilishdi. Tadbirni ikkinchi qismida esa faol ijodkor qizlarimiz tomonidan tayyorlagan ajoyib badiiy qism egalladi. Аvvalida qizlarni madh etuvchi, ularning ijtimoiy faolligini oshiruvchi ijtimoiy rolik namoyish etildi.

Tadbirga so'zga chiqqan Universitet xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Z.Karabaeva talaba-qizlar, ayollar masalasi, ularning salomatligini yaxshilash, taʼlim olishiga shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy muammolarini hal etishga koʼmaklashish davlat siyosati darajasiga koʼtarilgani quvonarli hol ekanligini va bu borada talaba-qizlarning faolligi ham muhim bosqich ekanligi haqida turli hayotiy misollar bilan soʼz yuritdi. Qolaversa, “Olima ayollar” klubining qizlar oʼrtasida oʼzaro doʼstlik, hamfikrlik, bir-biriga daxldorlik munosabatlarini shakllantirishdagi oʼrni haqida maʼlumotlar berildi. Eng muhimi, ishtirokchi qizlar farovon jamiyatni qurishda yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yoʼlida bor kuch-gʼayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, masʼuliyatni oʼz zimmasiga olishga qodir qizlar juda kerakli ekanligini yana bir bor teran anglashdi. Ushbu tadbir talaba-qizlarning qiziqishlarini yanada ragʼbatlantirish, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tengdoshlari oʼrtasida hamkorlik va tashabbuskorlik muhitini yaratish borasida ahamiyatli boʼldi.

"Yer resurslarini boshqarish" fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini  H.Eshova axboroti