Til ofatlaridan biri - g'iybat

 Joriy yilning 21 sentabr kuni 3-TTJda   universitet psixologi  M.K.Muxamedova «G'iybat o'zi nima?» mavzusida tadbir tashkil etdi. Tadbirda YeRB fakulteti 1-2-3-kurs talaba qizlari, YeRB fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari H. Eshova va YeRB fakulteti tyutori A.Hayitovalar ishtirok etishdi.  Shariatimizda «g'iybat» deb biror kishining yomon sifatini uning o'zi yo'qligida, agar eshitsa, unga og'ir botadigan, dili ranjiydigan tarzda bayon etishga aytilishi, bunda g'iybat qiluvchi xoh tili bilan aytsin, xoh qalami bilan yozsin yoki tana a'zolari bilan ishora qilsin, g'iybat qilingan kishi xoh kofir, xoh musulmon bo'lsin, buning ahamiyati yo'qligi va kishida mavjud bo'lmagan ayb haqida gapirish esa tuhmat yoki bo'hton hisoblanishi, g'iybat katta gunoh bo'lib, undan saqlanish lozimligi, hozirgi kunda g'iybat omma o'rtasida gunoh sanalmay qo'ygan illatlardan biriga aylanib qolgani, davralarda g'iybat boshlanishi bilanoq, uni to'xtatishga harakat qilish kerakligi: “Bu g'iybat emasmi? G'iybat bo'layapti-yu!”, deb eslatib qo'yilsa, g'iybatga kirishuvchi darhol o'zini tiyishga harakat qilib qolishi, zotan, bir musulmonning obro'sini himoya qilishning savobi behad yuksak ekani haqida  tadbir qatnashchilariga aytib o'tildi.

 Tadbir so'ngida Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning quyidagi hadislari eslatib o'tildi: “Kimki birodarining obro'sidan bir yomonlikni daf qilsa, Alloh taolo qiyomat kuni uning yuzidan jahannamni rad qiladi”. "Shunday ekan, g'iybatdan saqlaning azizlarim!", degan jumla bilan tadbir nihoyasiga yetdi.

YRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini H.Eshova