Turmush tarzi fikrlash tarzidan boshlanadi

img

09.11.2022

Turmush tarzi fikrlash tarzidan boshlanadi

           Joriy yilning 7- 9 noyabr kunlari YeRB fakulteti 104-109-113guruh talabalari bilan universitet psixologi M.K.Muxamedova va YeRB fakulteti tyutori D. Egamovalar hamkorlikda “Bir qolipda fikrlashdan qutulish, ichki ruhiy holat va fikrlarni nazorat qilish” mavzusida seminar trening tashkil etishdi. Tadbir talabalarning holati va kayfiyatlarini barqarorlashtirish; muloqotga kirisha olish qobiliyatlarini takomillashtirish; o'zlariga bo'lgan bahoni oshirish; hamkorlikda ishlashga o'rgatish; chegaradan tashqari fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

          Tadbir avvalida 1- kursga qabul qilingan talaba yoshlardan ommaviy tarzda o'tkazish ko'zda tutilgan testlar: talabalarning oliygohga qay darajada adaptatsiya hosil qilganliklarini aniqlashga va guruhdagi psixologik sferani aniqlashga mo'ljallangan testlar olindi va javoblari muhokama qilindi. Tadbir davomida “G'ayritabiiy salomlashish”, “Barmoqni ushlab ol”, “O'z fikringni ayt”, “Ichki nur”, “Sovg'a mashqi”, “To'lqinlar mashqi” kabi trening va o'yinlar o'tkazildi. Barcha ishtirokchilar o'tkazilgan tadbirdan o'zlariga kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishgan holda, ko'tarinki kayfiyatda o'z nihoyasiga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti