Ustoz va murabbiylarga bag‘ishlandi

img

01.10.2022

Ustoz va murabbiylarga bag‘ishlandi

Shu kunlarga bizga saboq bergan, hayot soʼqmoqlaridan odimlab borishimizda ustozlik qilgan va bu vazifani ayni paytda sharaf bilan bajarib kelayotgan insonlarni kasb bayramlari bilan tabriklashga oshiqamiz. Аlbatta, har birimiz istalgan sohada mehnat qilmaylik, ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezamiz. Аvvaliga maktabgacha taʼlim muassasasi, keyin maktab, navbati bilan oliy oʼquv yurtida ustozlardan saboq olamiz.

Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti faol talabalari erta tongdan ustozlarni bino oldida kutib olishdi. Ustozlarni tabriklash uchun aynan shu fakultetda tahsil olib bugungi kunda turli tashkilotlar, xususan “Kadastr agentligining Respublika aerogeodeziya” markazi rahbari Аkmal Omonov, “Oʼrmonloyiha” instituti derektori R.Аbdurimov, Respublika jangchi faxriylari va urush va nogironlari birlashmasi raisi oʼrinbosari Bekmurod Raxmatillaev va Oʼzbekiston xalq yozuvchisi Toxir Malikni shogirdi shoir Xasan Ziyolar ustozlarni tabriklash uchun tashrif buyurishdi.

Ular “Yerdan foydalanish” kafedrasi dotsenti А.Babajanov va shu kafedra katta oʼqituvchisi S.Sharipovlarni “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun medali bilan mukofotlashdi. Shu kabi mukofotlar bilan fakultetning bir qator professor-oʼqituvchilarni ham tabriklashdi. Xalqimizning ustoz otangdek ulugʼ, degan purhikmat naqlida ham oʼqituvchi va murabbiylarga boʼlgan samimiy ehtirom namoyon.

Bu bayram, avvalo, oʼzining bilim va tajribasi, isteʼdod va mahorati, insoniy fazilatlarini, koʼz nuri va qalb qoʼri, butun borligʼini ayamasdan, maʼrifat yoʼlida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir. Biz ham barcha ustoz va murabbiylarimizni 1 oktabr - Oʼqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Yosh avlodga ziyo nurini taratishdan aslo charchamang, deymiz.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H. Eshova axboroti