Xon atlas festivali

img

30.09.2022

Xon atlas festivali

     Bugun 29-sentyabr kuni poytaxtda “XON ATLAS 2022” festivali boʼlib oʼtishi munosabati bilan "Yer resurslarini boshqarish" fakultetini barcha ayol professor-o'qituvchilari va talaba-qizlarimiz erta tongdan milliyligimiz ramzi bo'lmish adras liboslar keyishdi. Bunday milliy xon atlasidan tikilgan liboslar qizlarimizni yanada go'zalligini milliyligini namoyish etishga imkonini berdi.

        Shuningdek, Respublika miqyosida o'tkazilgan Xon Аtlas" festivalida YeRB fakuteti dekan xotin-qizlar maslahat kengashi bo'yicha o'rinbosari Z.Xafizova va tyutor А.Xaitovalar 1 kurs talaba-qizlar bilan faol ishtirok etdilar. Tadbir doirasida qizlarimiz mahalliy dizayner va hunarmandlar bilan tanishib katta taassurotlar bilan qaytishdi.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini H.Eshova