Xotira bor - millat barhayot

img

03.05.2023

Xotira bor - millat barhayot

"Yer resurslari va kadastr" fakulteti 113 a guruh talabalari bilan “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yildi. Ushbu me’moriy majmua 1999 yil O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov tashabbusi va rahbarligida barpo etilgan. Mangu alanga yodgorligi oldida "Motamsaro ona" haykali o‘rnatilgan.

Xiyobonning ikki tomonida ayvonlar qad ko‘targan bo‘lib, tokchalariga o‘rnatilgan metal taxtalarga 2- jahon urushida halok bo‘lgan barcha O‘zbekistonlik jangchilarning ism familiyalari bitilgan. Talaba - yoshlarimiz urushda halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirishdi va duolar qilishdi.  

                 YeRK fakulteti tyutori D. Egamova axboroti