Xotira – ertani yorituvchi nur
14.10.2022
Xotira – ertani yorituvchi nur
Joriy yilning 13 oktyabr kuni YeRB fakulteti 4-kurs 409 guruh talabalari ishtirokida universitet psixologi M.K.Muxamedova va YeRB fakulteti katta o'qituvchisi, 409 guruh kuratori Z.Hafizovalar hamkorlikda “Xotirani kuchaytirish sirlari” mavzusida seminar trening tashkil etishdi. Tadbirda talabalar bilan xotira xususida suhbat tashkil etilib, xotira turlari: sensorli xotira, exoik xotira, vizual xotira, taktik xotira, qisqa muddatli xotira, uzoq muddatli xotira, rekonstruktiv xotira, avtobiografiya xotiralari haqida ma'lumotlar berilib, xotirani kuchaytirishga doir mashg'ulotlar o'tkazildi.
Tadbir davomida talabalar bilan tafakkurning o'sishi, intellektning oshishi, kreativ yondashuvning kuchayishi, kayfiyatning ko'tarilishi va ko'rish xotirasini mashqlantirishga mo'ljallangan “Kvadratni yig'”, “”Mantiqiy masalalar” ,“Krossvord” kabi turli o'yin va mashg'ulotlar o'tkazildi. Tadbirda barcha talabalar faol qatnashishdi, Ayniqsa Siroj, Oyatullo, Alisher va Po'latlar juda qattiq qiziqish bilan tadbirda qatnashishdi. Ishtirokchilar bugungidek kabi darslar ko'proq o'tilsa, dars samaradorligi oshishiga sabab bo'lishini ta'kidlab o'tishdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti