"Yilning eng namunali mahalla yetakchisi" ko‘rik - tanlovi

img

15.04.2023

"Yilning eng namunali mahalla yetakchisi" ko‘rik - tanlovi

О'zining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo'layotgan va ularga yetakchilik qilayotgan mahallalardagi yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugun "Yilning eng namunali mahalla yetakchisi" tanlovi Respublikada ilk marta tashkil etildi. Unda "TIQXMMI"MTU ning "Yer resurslari va kadastr" fakulteti talaba-yoshlari ham faol ishtirok etishdi. 2022 yil oktyabr-noyabr oylaridan boshlab 9424 nafar yoshlar yetakchilari orasidan "Yilning eng namunali mahalla yetakchisi" tanlovining saralash bosqichlari tashkil etilib, Respublika bosqichiga 14 nafar hududiy boshqich tanlov g'oliblari aniqlandi.

Respublika hakamlar hay'atining qaroriga ko'ra Qashqadaryo viloyati Muborak tumani "Bo'ston" mahallasidagi yoshlar yetakchisi Pardayev O'lmasjon Dovurpo'lat o'g'li 1 o'rin, Toshkent shahar Chilonzor tumani "Ko'rkam" mahallasidagi yoshlar yetakchisi Qodirov Shukurullo Komiljon o'g'li 2 - o'rin, Namangan viloyati To‘raqo'rg'on tumani "Shohidon" mahallasidagi yoshlar yetakchisi Xolmatov Muxammadyusuf Nurmuxammad o'g'li faxrli 3 - o'rinni egallashdi. Respublika bosqichi ishtirokchilari quyidagicha rag'batlantirildi. 1 o'ringa 35 million so'm pul mukofoti, diplom va statuetka, 2 o'ringa 25 milyon so'm pul mukofoti diplom va statuetka, 3 o'ringa 15 million so'm pul mukofoti, diplom va statuetka bilan mukofotlandilar. Respublika bochqichining qolgan barcha ishtirokchilari 5 million so'mdan pul mukofoti, statuetka va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tanlov g'oliblariga "Yangi O'zbekiston islohotchisi" ko'krak nishoni hamda "Davlat va jamiyat boshqarivi" yo‘nalishi bo'yicha xorijiy davlatlardagi qisqa muddatli kurslarlarga tavsiya etilishi belgilandi. Taqdirlash marosimida taniqli sanʼatkorlar, nuroniylar, mahalla yoshlar yetakchilari, talaba-yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbir juda maroqli bo'lib o'tdi. Barcha yig'ilganlarga manzur bo'ldi.

"Yer resurslari va kadastr" fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova axboroti