Zakovat intellektual oʼyini

img

11.11.2022

Zakovat intellektual oʼyini

Yer resurslarini boshqarish fakultetida yoshlarning boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish maqsadida bugun "Zakovat intellektual o'yini" bo`lib o`tdi. Ushbu tadbir Unversitet yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkiloti yetakchisi X.Tojiev, “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkiloti yetakchisi Z.Abduraimovlar va "Zakovat" intellektual oʼyinining tashkilotchisi fakultet Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovni  H.Eshova hamda   fakultet tyutrlari S.Ibragimova, Z.Xayitova D.Egamova hamkorligi otkazildi.

Ko`taringi ruxda tashkil etilgan zakovat intellektual oʼyini 1-2 kurs talaba-yoshlari o`rtasida bo`lib o`tdi. Ushbu musobaqada jami 34 nafar guruh o`z jamoasi bilan ishtirok etdi. Fikr-mulohazlarga boy boʼlgan bilim bellashuvida gʼolibni aniqlash biroz murakkab boʼldi. Chunki, oʼyin yakunida ikkita jamoa bir xil natija bilan tashabbusni oʼz qoʼllariga olishdi.

Qoʼshimcha savollar berilganidan keyin "Taraqqiyot" jamoasi oʼz kuchini koʼrsatdi va gʼoliblikni qoʼlga kiritdi. Ushbu "Zakovat" intellektual oʼyini barchada katta taassurot qoldirdi. Talabalarni taklifidan kelib chiqib, har xafta bir kun "Zakovat" intellektual oʼyinining o`tkazish rejalashtirib olindi.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti