Ziyoratdagi ma'rifat

img

06.02.2023

Ziyoratdagi ma'rifat

Zangiota (“qora ota”) – shayx terisining rangi tufayli xalq orasida olgan taxallusidir. Bu buyuk soʼfiy hayot davridayoq (XII asr oxiri – XIII asr boshlari) juda mashhur boʼlib, kelib chiqishi taniqli arab urugʼidan boʼlgan. Majmua ham butun Oʼzbekistondan keluvchi musulmonlar uchun ziyoratgoh hisoblanadi. Bugun ushbu ziyoratgohga "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti jamoasi va talaba-yoshlari ham tashrif buyurishdi. Talabalar katta va chiroyli bogʼga ega boʼlgan hovliga kirishdi. Ular yodgorlik majmuasi maqbara, minora, masjid, Zangiotaning rafiqasi Аnbar Bibi maqbarasi joylashgan qabristoni ham ziyorat qilishdi. Darhaqiqat, Zangi otaning butun umri Movarounnahr xalqlari hayotining ogʼir va dahshatli davrida kechgan.

Moʼgʼul istilochilari mamlakatni xonavayron qilib, xalq ommasini qullik iskanjasiga solgan bir paytda Zangi ota hamda uning izdoshlari xalq orasida vatanparvarlik va mehnatsevarlik, adlu insof, poklik hamda yaxshilik, mehr-shafqat va diyonat kabi umuminsoniy gʼoyalarni targʼib etgan. Zangi ota ziyoratgohi azaldan xalqimizning eʼzozli ziyoratgohi boʼlgan boʼlsa, endilikda bu yerda zamonaviylik nishonalari uygʼunlashib, yurtdoshlarimizning maʼnaviy ehtiyojlarini qondiradigan dargohga aylanmoqda. “Tarixiy xotirasiz kelajak yoʼq”, degan tamoyilni yodga olsak, bu joyning asl qadri yorqin namoyon boʼladi. Talabalar bu ziyoratdan juda mamnun bo'lib, ushbu sayoxatni tashkil qilgan fakultet dekan muovini, fakultetda xotin-qizlar masalari buyicha dekan maslaxatchisi xamda fakultet tyutorlariga tashakkurlar aytishdi.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova axboroti