O'qitiladigan fanlar

Bakalavriyat bosqichida

 

Fanningnomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1.

Davlat kadastrlari asoslari

Davlat kadastrlari yagona tizimi tarkibiga kiruvchi 21 ta kadastrlarning xuquqiy asosini o‘rgatadi.

2.

Davlat kadastrlari

Ushbu fan Respublikamiz xududida mavjud tabiiy resurslar, inshootlar va xududlarni majmuali tarzda o‘rganish, yagona uslubiyat asosida ularning xuquqiy xolatlari, miqdorlari va xususiyatlari to‘g‘risida zaruriy ma’lumotlar to‘plash, ularni yagona tizimga keltirish  ishlarini o‘rgatadi.

3.

Yer kadastri

Yer uchastkalariga bo‘lgan xuquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, miqdor, sifat va me’yoriy baholash ishlarini o‘rgatadi.   

4.

Bino va inshootlar davlat kadastri

Bino va inshootlarga bo‘lgan xuquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini o‘rgatadi.

5.

Tabiiy resurslar kadastri

Tabiiy resurslar kadastri fani davlatning tabiiy iqtisodiy saloxiyati bo‘lgan yer, suv, o‘rmon va boshqa manbalarini bevosita o‘rganish xamda ularning sifat va miqdor jihatdan baholashning ilg‘or uslublarini va texnologiyalarini qo‘llashni mukammal o‘zlashtirishlari, hamda  resurslardan  samarali foydalanish va ishlab chiqarishda samaradorligini oshirish yo‘llari va usullarini o‘rgatadi.

6.

Yer tuzishda kompyuter grafikasi

Yer tuzishda bajariladigan ishlarning qonun va qoidalarini mukammal bilishlari, unda qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni, shartli belgilarni, komp’yuter texnologiyalarida maxsus (Auto Cad, Arc Giss kabi) dasturlar bilan ishlashni o‘rgatadi.

7.

Xududlarni muhandislik jihozlash

Yer resurslaridan samarali foydalanish maqsadida hududlarni injenerlik nuqtai nazardan jixozlash zarur bo‘ladi, ya’ni mahalliy yo‘llar tarmoqlarini, loyihalash joylashtirish, qurish shu singari suv ta’minoti, sug‘orish tarmoqlarini loyihalash va qurish, kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash singari zarur muhandislik tarmoqlari bilan ta’minlashni o‘rgatadi.  

8.

Geodeziya va kartografiya kadastri

O‘zbekiston Respublikasining hududida geodeziya va kartografiya kadastri ob’ektlari, ma’lumotlari, bajariladigan geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari to‘g‘risidagi, shu jumladan ularning miqdor va sifat tavsiflari to‘g‘risidagi axborotlar tizimini yangilab borish usullarini nazariy, uslubiy va amaliy jihatdan o‘rganish usullarini o‘rgatadi.

9.

Yer kadastri va monitoringi

Yer kadastri va yer monitoringini yuritish, unda iqtisodiy qonunlarning ta’sirini, iqtisodiy islohotlar sharoitida respublikamiz yer – mulk salohiyatidan yanada samarali, maqsadli va oqilona  foydalanish usullarini o‘rgatadi.

10.

Yer resurslarini boshqarish

Yerdan foydalanishni boshqarish xakida yaxlit tasavvurga ega bo‘lishga erishish, ularni yerdan foydalanishni boshqarish asoslari ilmiy-nazariy bilimlar bilan  qurollantirish  va  o‘quv dasturida nazarda  tutilgan  hajmda  ishlab chiqarish va tekshirish vazifalarini bajarish uchun  mo‘ljallangan.

11.

Xududlar kadastri

Hududlar kadastrini tashkil etish, yagona uslubiyat asosida yuritish, kadastr ma’lumotlarini yagona tizimga keltirish, davlat kadastrlari xizmat tizimi va vazifalarini bajara olish, kadastr yo‘nalishlarini yuritishda o‘zaro bog‘liqlik va ketma-ketligini ta’minlay olish, tabiiy resurslar va chiziqli turdagi kadastrlarni yuritish usullarini o‘rgatadi.

12.

Yer monitoringi

Yer fondining  holatini uzluksiz kuzatish tizimini, yerlarda ro‘y bergan salbiy jarayonlarni o‘rganish, tahlil qilish, ularni  ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy baholash usulini, salbiy jarayonlarni prognozlash, ularning oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni o‘rgatadi.   

13.

Davlat shaxarsozlik kadastri

Aholi turmush madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratish kabi masalalar qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni va unga mos ravishda xududni tashkil qilish usullarini asoslash, yerlarning optimal o‘lchamlari va tarkibini belgilash, ular rivojlanishining ustivor yo‘nalishlarini tanlash, samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlashni o‘rgatadi.

14.

Yer axborot tizimi

Zamonaviy axborot tizimi hisoblangan geografik axborot tizimlari va dasturlarining geodeziya va kartografiya, yer tuzish va yer kadastri, yer resurslaridan foydalanish va boshqarish sohalaridagi nazariy va amaliy tadbig‘ini o‘rgatadi.

 

 

Magistratuta bosqichida

 

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1.

Yer resurslarini boshqarishda geoaxborot tizimlari

Geoaxborot tizimi yer resurslarini boshqarishda, yer fondi tarkibi va undan foydalanish jarayonlarida odamlar orasidagi muloqot tizimini va o‘z navbatida uzatish va qayta ishlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi.