Kitob mutolaasi buyuk maqsadlar sari

Sohaga oid kitoblar muhim qo’llanma va taraqqiyot uchun yo’llanma bo’la oladi. Xuddi shu ma’noda, yangi nashrlar bilan tanishish va tanishtirishning xosiyati katta. TIQXMMI ning YRB fakulteti 3- kurs “Geodeziya kartografiya va kadastr” bakalavriyat ta’lim yo`nalishi talabalariga 2018-yil 1-dekabr kuni Al-309 auditoriyasida fakultet dekani Z. Muqimov professor Kvint Vladimir Lvovichning “Strategiyalash nazariyasi va amaliyoti” kitobi bilan tanishtirib o`tdilar.

Ushbu kitob muallifi keltirgan quyidagi jumla O`zbekistonning har bir fuqarosiga faxr - iftixor tuyg’usini bag`ishlaydi:  “Maskur kitobimni barcha zamonlar va xalqlarning buyuk strateglaridan biri Amir Temur tiliga  tarjima  qilinganligini alohida ta’kidlash lozim”.

Fakultet dekani Z.Muqimov ushbu kitob, mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal rivojlantirish yo`lida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar mahsuli sifatida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo`shadigan yetuk kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o`tdilar. (Ushbu kitobning elektron varianti  barcha talabalarga taqdim etildi)

YRB fakulteti Yoshlar ittifoqi faollari Abduqodirov Shaxrom, Hamidullayev Shohjahon  axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov