Jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish

Bugun “Yer resurslarini boshqarish” fakultetida professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar oʻrtasida turli yot gʻoyalardan himoyalashning samarali uslublari va uning zararli oqibatlarini keng yoritish, talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishining oldini olish hamda maʼnaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida huquq-targʻibot organlari bilan hamkorlikda tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Toshkent shahar Yunusobod tumani profilaktika inspektori katta leytenant Sobirov Yusufjon, hamda Yunusobod tumani 1 - son IIB boshligʻi podpolkovnik Nuriddinov Azamatjon soʻzga chiqib, bugungi kunga kelib xalqaro terrorizm, narkotrafik va odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarning inson xavfsizligiga xuruj qilayotgani bois, ulardan jabr chekayotganlar, afsuski, koʻpchilikni tashkil etayotganligi, hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatlarning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tugʻdirayotganligini aytib oʻtdi.

Shuningdek, yoshlarni boshqa davlatlarda kechayotgan noxush voqealar hamda tartibsizliklardan voqif etish emas, balki oʻz tinchligimizning qadriga yetish, uni har qanday tahdidlardan asrab-avaylash ekanligini taʼkidladi. Har qanday urush begunoh aholining qiyinchiliklari va iztiroblari bilan tugaydi, lekin bu kabi tartibsizliklarga ayrim kimsalar bundan faqat moddiy manfaat topish uchungina qoʻl uradilar. Biz bu tinchlikka osonlik bilan erishganimiz yoʻq shuning uchun endi uni qadrlashimiz, asrashimiz kerak va zarurligini, Oʻzbekistonimizni asrash, uning tinchligini barqarorlashtirish esa yoshlarning qoʻlida ekanligi taʼkidlandi.

Shundan soʻng barcha tadbir qatnashchilariga “Tinchlik uchun kurashmoq kerak” nomli videofilm namoyish etildi. Ushbu videofilmda Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini qadriga yetish, uning kelajagi boʻlmish yoshlarni missionerlik, terrorizm, ekstremizm kabi yovuz illatlardan asrab-avaylash kerakligi ochib berildi. Videofilm talabalarda yaxshi taassurot qoldirdi hamda hushyorlikka chorladi.

Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan toʻliq va aniq javoblar berildi. Shundan soʻng fakultetning yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari H.Eshova barcha tadbir ishtirokchilariga oʻz minnatdorchiligini bildirgan holda tadbirni yakunladi.

YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan movini Hurriyat Eshova axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov